“Ayritom” chegara bojxona postidagi yuk avtomobilida 2986 dona supurgi dastagi ichidan 612 kg “gashish” giyohvandlik vositasi topildi. Mashina O‘zbekistonga tranzit o‘tish uchun kirib kelgan. Giyohvandlik vositasining qora bozordagi narxi taxminan 16,5 mln dollarga baholanmoqda.
O‘zbekistondagi chegara punktlaridan navbatsiz o‘tish uchun pulli Fast Track xizmati paydo bo‘ladi. Xizmat doirasida pasport va bojxona nazorati uchun alohida yo‘lak, VIP zal va boshqa sharoitlar yaratiladi. Uning narxi BHMning 15 foizini tashkil etadi. 1-maydan u 12 ta nazorat-o‘tkazish punktida paydo bo‘ladi.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining 1 kilosi uchun BHMning 2 foizi miqdorida bojxona yig‘imi joriy etiladi. U barcha xorijiy marketpleyslardan tovarlarni yetkazib berishda va jismoniy shaxslar o‘rtasida jo‘natmalarni yuborishda amal qiladi. Bojxona qo‘mitasi “Gazeta.uz"ga yangi tartib to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, yangi stavkalar tadbirkorlarga 700 mlrd so‘mni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etiladi.
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab vaqtincha yopiladi. 4 oy davomida postda qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlash reja qilinmoqda. Fuqarolar va transport vositalarining harakati “Navoiy” postiga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonga yangi mobil qurilma olib kirishda endi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak, aks holda qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yangi talab 2024-yil boshidayoq joriy qilingandi. Bojxona organlari va UzIMEI oktabr oyida tizimli integratsiyani yakunladi.
O‘zbekistonda avtomobillar importi tarkibi o‘zgardi. Ilgari benzinli avtomobillar yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda birinchi marta elektromobil va gibrid avtomobillar importi hajmi ulardan oshib ketdi. Import qilingan elektromobillarning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga arzonlashdi.
420 mlrd so‘m hajmdagi tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi muammosi asosan uning O‘zbekiston hududi orqali Qirg‘iziston va Tojikistonga tranziti bilan bog‘liq, dedi Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Ibragimov. U importni “oqartirish” uchun nimalar qilinganini aytdi.
Termizda Bojxona qo‘mitasi tomonidan kontrabanda sigaretlarining rekord partiyasi — 10,2 mlrd so‘mlik salkam 750 ming quti yo‘q qilindi. Foto.
Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar musiqa kolonkalari orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lingan 18 kilogrammdan ortiq mefedronni aniqladi.
Yil boshidan buyon O‘zbekiston 843,6 ming tonna mazut import qildi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyul oylaridagi hajmdan ikki baravar ko‘p. Iyunda import 22 baravar (2023-yil iyuniga nisbatan), iyulda esa 19,6 baravar oshdi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirishdagi “Oq-qiya” bojxona punkti 24 soat ish rejimiga o‘tkazildi.
Navoiy viloyatida bojxona xizmati xodimlari 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullarni yoqib yubordi. Shuningdek, noqonuniy faoliyatdan olib qo‘yilgan 13,6 ming quti tamaki mahsulotlari, 30 ta elektron sigaret va tibbiy vositalar ham yoqib yuborildi. Foto.
Bojxonachilar Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postida transport vositasi yukxonasidan 1 dona Makarov pistoleti, harbiy anjomlar va tig‘li sovuq qurollar topdi.
Bo‘ka tumanida mashhur brendlar nomi ostida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi. Qiymati 10 mlrd so‘mlik 280 ming donadan ortiq sifatsiz mahsulot vaqtincha saqlovga olindi.
Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.
O‘zbekistonda chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda. Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora — bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Prezident Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi. 2023-yilda import qilingan 20 mlrd dollarlik tovarlarga salkam 60 trln so‘mlik imtiyoz berilib, ularning 3,2 trln so‘mi o‘rganilganda 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlandi.
Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.
Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting